Yangi uylar muddatida topshiriladi

Date:

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga qaratilgan yirik loyihalardan biri — Lutfkor mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilmoqda.

Mazkur hududda olib borilayotgan qurilish ishlari, obyektlarning holati hamda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Odiljon Yaqubov, tuman prokurori B. Oltibayev, tuman IIB boshlig‘i G‘. Xo‘jamqulov, tegishli mas’ullar va quruvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda davlat dasturlari va investitsiya loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilindi. Quruvchi tashkilotlar vakillarining axborotlari tinglanib, har bir obyekt bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.

Xususan, 2026-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan 9 ta ko‘p qavatli uyda joylashgan 670 ta xonadonni belgilangan muddatlarda ishga tushirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida qurilish ishlarini jadallashtirish, belgilangan reja-grafiklarga qat’iy rioya qilish, obyektlarni sifatli va o‘z vaqtida foydalanishga topshirish, shuningdek, shaharsozlik, ekologik hamda texnik me’yorlar talablariga amal qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun