“Suv hisobi” axborot tizimi yaratiladi

Date:

Tabiiy boyliklarning ham oxiri bor. Tejab-tergash, isrofga yo‘l qo‘ymaslik odatimiz bo‘lmog‘i lozim. Xolbuki, xonadan chiqdikmi, chiroqni, osh-ovqatimiz, choyimiz tayyormi, gazni o‘chirish, suvdan foydalanmayapmizmi, suv jo‘mragini burab qo‘yish ham tabiiy ne’matlarni, ham naqdimizni tejashga xizmat qiladi. “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–107-son, 01.04.2023-y.)ning qabul qilinishi esa obi hayotni tejashga qaratilgan katta qadam bo‘ldi deyish mumkin.
Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning tartiblari belgilandi. Buning uchun tijorat banklari kreditlarining garov taʼminoti 50 foizgacha, biroq 2,5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafilligi asosida taʼminlanadi. Kreditlarning foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Jamg‘arma hisobidan kompensatsiya ham taqdim etiladi.
Suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suv isteʼmolchilari o‘rtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni har oy yakuni bilan elektron shaklda to‘ldirish hamda elektron raqamli imzolar orqali tasdiqlash imkonini beruvchi “Suv hisobi” axborot tizimi yaratiladi. Va ushbu tizim 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab, respublikaning barcha hududlarida joriy qilinadi. Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishda ishlatilgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni hisoblashda “Suv hisobi” AT orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini avtomatik shakllantirib berish amaliyoti joriy etiladi.
2023-yil avgustgacha 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan hamda subsidiya mablag‘larining 50 foizini olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga tizimlarning ishlatilishiga qarab belgilangan subsidiya miqdorining qolgan 50 foizi tuman ishchi guruhi xulosasi asosida ajratiladi.

Manbalar asosida H.Baxtiyorova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Odamlar

Qish. Shahnoza egilibgina avtobusga chiqdi. Bo‘ylari uzun, ko‘hlikkina bu...

Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish...

Ipoteka krediti takror moliyalashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasining 12.02.2025-yildagi O‘RQ-1028-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga...

Bolalar maydonchasi o‘rnida

Ko‘p qavatli uylarning hovlisida bolalar maydonchasi ham quriladi. Ayni...
KunTun
KunTun