Angorda imkoniyatlar kengaymoqda

Date:

Angor tumani Qo‘shtegirmon mahallasida zamonaviy talablarga mos ravishda bunyod etilgan “ELEGANT” tantanalar saroyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yangi maskan bir vaqtning o‘zida 1500 nafargacha mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, oilaviy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish hamda hududda xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ochilish marosimi doirasida 10 nafar bolajonning sunnat to‘yi ham tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari bolajonlarni qutlab, ularga sog‘lik, baxt va kelajakdagi ezgu niyatlarida omad tiladilar.

Yangi tantanalar saroyining ish boshlashi hudud aholisiga yanada qulay va zamonaviy xizmatlardan foydalanish imkonini yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun