O‘zbek ertaklari koreys tilida

Date:

“Ertaklar yaxshilikka yetaklaydi” deb bejiz aytishmagan. Bolaligidan ertak va rivoyatlar eshitib ulg‘aygan bolaning nafaqat tarbiyasida, balki ruhiyatida, dunyoqarashida ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Albatta, yaxshi ma’nodagi o‘zgarishlar. Dunyoda doimo yaxshilik, ezgulik g‘olib kelishini, yomonlik, ichi qoralik bilan maqsadga erishib bo‘lmasligini tushunib yetadi. O‘zbek ertaklarida sharqona falsafa, qarashlar ham mujassamki, bu tarbiyada o‘ziga xos maktab vazifasini o‘taydi.
Bolalar uchun yaratilgan “Sharq gavhari – Samarqand”, “Mening bulut do‘stim”, “Nortoy va Qorbobo”, “Makkorning hiylasi”, “Kichkina musiqachi” nomli o‘zbek ertaklari ana shunday ertaklar sirasiga kiradi. Ayniqsa, bu ertaklarimiz dunyo e’tiboriga tushgani, bola tarbiyasi va dunyoqarashi uchun muhim ekanini, ularning ko‘plab tillarga tarjima qilinib, chop etilayotganidan ham bilish, sezish qiyin emas.
Janubiy koreyalik bolalar uchun o‘zbek xalq ertaklari koreys tiliga ham tarjima qilindi. Ushbu loyiha o‘zbek xalqining madaniyati, milliy urf-odatlari va anʼanalarini xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish maqsadida Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm vazirligi huzuridagi Osiyo madaniyat markazi ko‘magida amalga oshirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qutqaruvchilar shayligi sinovdan o‘tkazildi

Zilzila kutilmaganda yuz beradi, uning oqibatlarini kamaytirish esa qutqaruv...

Xalqaro akademik hamkorlik sari yangi qadam

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish...

Ilk oltin medal qo‘lga kiritildi

«Prezident Olimpiadasi» doirasida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49...

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining ikkinchi kunida...
KunTun
KunTun