Xakatonda g‘olib

Date:

Termiz shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Jahongir Mamasoliyev “InfoCheck Central Asia” xalqaro xakatonida 1-o‘rinni egalladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Germaniyaning Gyote instituti hamkorligida tashkil etilgan nufuzli tanlovda Markaziy Osiyoning eng iqtidorli yoshlari axborot texnologiyalari, media savodxonlik va tanqidiy fikrlash yo‘nalishlarida bellashdi.

Ushbu yutuq nafaqat Termiz, balki butun Surxondaryo yoshlarining salohiyatini namoyon etib, xalqaro maydonda o‘zbek o‘quvchilarining raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi. G‘olib sifatida Jahongir Mamasoliyev Germaniyada o‘tkaziladigan xalqaro festivalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun