Ramziddin va Maqsadalidan yorqin gʻalaba

Date:

Toshkent shahrida stol tennisi bo‘yicha U-15 yosh toifasidagi o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Termiz Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilari yuqori mahorat namoyish etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Xususan, O‘ktamov Ramziddin chempionlikni qo‘lga kiritib, 1-o‘rin sohibiga aylandi. Imomaliyev Maqsadali esa muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2-o‘rinni egalladi.

Yosh sportchilarning ushbu yutug‘i yurtimizda sportni rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro maydonlar uchun munosib zaxira sportchilarni tayyorlash borasidagi izchil ishlarning amaliy natijasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun