Surxondaryoda oltita yangi korxona ishga tushirildi

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz tumani Yangiobod mahallasidagi “Termez National Carpets” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Korxona yiliga 2,2 million kvadrat metr gilam ishlab chiqarish quvvatiga ega. Buning uchun Germaniya, Belgiya, Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. 150 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Mahsulotlarning qariyb yarmini eksport qilish rejalashtirilgan. Xomashyoning 80 foizi mahalliylashtirilgan. Korxona ishga tushirilgan qisqa vaqtda Ozarbayjon va Qirg‘iziston davlatlariga 255 ming dollarlik gilam va gilam mahsulotlari eksport qilindi. Joriy yilda 4 million dollarlik mahsulotni xorijlik buyurtmachilariga yetkazib berish mo‘ljallamoqda.

Muhimi, korxonada muqobil energiyadan foydalanishga alohida eʼtibor berilmoqda. Hozirda tashqi va ichki yortish tizimi uchun quyosh panellaridan foydalanilmoqda.

Davlatimiz rahbari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Viloyatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi. Shu yerda 6 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish marosimi bo‘ldi. Termiz shahridagi “Indenim Cluster”, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Fabullo stroy servis”, Angor tumanidagi “Angor Baraka”, Termiz tumanidagi “Termiz agro impeks” korxonalari, Sariosiyo tumanidagi qurilish materiallari kichik sanoat zonasi va To‘palang gidro elektr stansiyasi vakillari videoaloqa orqali majmualar salohiyati haqida axborot berdi.

Termiz shahridagi “Indenim Cluster” masʼuliyati cheklangan jamiyati paxta tolasidan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 400 ta yangi ish o‘rni tashkil etilgan.

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Fabullo stroy servis” korxonasida yiliga 75 ming kub metr avtoklav gazoblok ishlab chiqarish o‘zlashtirilib, 80 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.

Angor tumanidagi “Angor Baraka” masʼuliyati cheklangan jamiyati savdo majmuasida milliy hunarmandchilik markazi tashkil etilgan. U yerda yiliga qariyb 125 ming dona tayyor tikuvchilik, 50 turdagi milliy liboslar va hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlanib, ming nafarga yaqin xotin-qizning bandligi taʼminlanadi.

Sariosiyo tumanidagi kichik sanoat zonasida zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

“Termiz agro impeks” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Termiz tumanida 3 ming tonna sig‘imga ega muzlatkichli omborxona, zamonaviy issiqxona barpo etilib, 220 kishining bandligini taʼminlagan.

To‘palang gidro elektr stansiyasini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida uning umumiy quvvati 175 megavattga yetmoqda. Bu yiliga 467 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish imkonini beradi.

Umuman, mazkur 6 ta korxona 2 mingta yangi ish o‘rni yaratadi, ularning faoliyati tufayli viloyat ishlab chiqarishiga 370 milliard so‘m, eksportiga 20 million dollar qo‘shiladi.

Davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, yangi korxonalarni ishga tushirdi.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq tumanida ham…

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bugungi kunda har bir xonadon...

Farzandim taqdiriga befarq emasman

Bugun Termiz tumanida MMTB bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli umum ta’lim...

50-maktab 12 dona tikuv mashinasi bilan ta’minlandi

Maktablarda ta’lim-tarbiya berilishi bilan birga kasb-hunar sirlarining ham o‘rgatilayotgani...

Huquqiy maslahat berildi

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limasi hamda O‘zbekiston notarial...
KunTun
KunTun