“Yangi nafas”: start chizig‘idan finishgacha…

Date:

Mamlakatimiz bo‘ylab “Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqalari start olgan. Termiz shahrida ham ushbu marafon besh mingdan ortiq 7 yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan surxondaryolikni bir maqsad, bir loyiha atrofida birlashtira oldi.
Erta tongdan barcha shahrimizdagi Alisher Navoiy ko‘chasidagi “Surxon arena” sport majmuasida jam bo‘ldi. Marafonning tantanali ochilish marosimidan so‘ng, ishtirokchilar start chizig‘idan ilk qadamlarini tashlashdi.
Aytish kerakki, marafonga alohida tayyorgarlik ko‘rilgan. Musobaqa qatnashchilari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular xavfsiz, erkin yugurishga kirishib ketdilar. Finish chizig‘i esa “Bolajon bog‘i” hududi. Yuguruvchilar uch kilometr masofani bosib o‘tishlari lozim.
Jarayon qiziqarli va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Marafon yakunida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bellashuv g‘oliblari diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun