Suv resurslari taʼminotini yaxshilash uchun…

Date:

Surxondaryo viloyatida kelgusida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yangi investitsiya loyihalari suv resurslari taʼminotini yaxshilash uchun xizmat qiladi. Ayni shu maqsadda Surxondaryo viloyat hokim Ulug‘bek Qosimov Edzvan Anvar boshchiligidagi Isom taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash (Xazarbog‘-Oqqapchig‘ay kanallari tizimini qayta tiklash)” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish masalasi muhokama qilindi.

Aytish kerakki, loyiha doirasida Xazarbog‘-Oqqapchig‘ay kanallar tizimiga bog‘liq 103,4 ming gektar sug‘oriladigan ekin maydonlari kafolatli suv bilan taʼminlanadi. Loyihaning umumiy qiymati 121,66 million dollarni tashkil etadi. Uchrashuv davomida belgilangan loyihani oxiriga yetkazish masalalarida muzokaralar o‘tkazildi.


H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Elektr taʼminoti to‘liq tiklandi

Ob-havoning keskin o‘zgarishi, kuchli shamol va qor bo‘ronlari oqibatida...

Tushuntirish ishlari olib borildi

“Migratsion profilaktika” oyligi doirasida Muzrabot tumani IIB JXX HPB...

Barqaror daromad sari…

2026-yil 1-fevraldan boshlab “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga mansub oilalar...

Bojxona tizimidagi ochiqlik

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 26-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi...
KunTun
KunTun