“Meetup” uchrashuv o‘tkazildi

Date:

IT sohasiga e’tibor kuchaygan bir davrda yoshlarning qiziqishi ham yuqori ekanini qayd etib o‘tish lozim. Axborot asrida inson zakovati va salohiyati bilan IT sohasida katta muvaffaqiyatga erishish mumkin. Termiz shahridagi “Sanʼat saroyi”da yoshlarni “IT” sohasiga qiziqtirish, ularga motivatsiya berish maqsadida “Meetup” uchrashuv tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, soha yoshlariga murojaat yo‘lladi.
Davlat rahbari mazkur soha rivojiga eʼtibor qaratayotgan bir paytda bu borada viloyatda holat quvonarli emasligi, sohada malakali kadrlar yetishmasligi qayd etildi. Kadrlar yetishmasligi sabab ushbu yo‘nalishda korxonalar tashkil etilmagani, 2022-yilda “IT” mahsulotlari umuman eksport qilinmagani tanqid ostiga olindi.
Mana shunday kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida joriy yilda “IT” sohasida 3 ming nafardan ortiq mutaxassis tayyorlash, 65 ming nafar yoshni “Coursera” taʼlim platformasida bepul o‘qitish, 1 million dollardan ortiq “IT” sohasi xizmatlarini eksport qilish, sohaga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash

hamda ularga sharoit yaratish maqsadida “IT” park filiali va akademiyasini qurish maqsad qilingan.
Viloyat rahbari yoshlarga “IT” sohasini o‘rganishlari va faoliyatlarini boshlash uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilishini, ulardan birgina talab, sohani mukammal o‘zlashtirib, viloyatda raqamli texnologiyalar rivojiga o‘z hissalarini qo‘shishdan iborat bo‘lishini taʼkidladi.
Shundan so‘ng sohada muvaffaqiyatga erishgan malakali mutaxassislar “IT” tadbirkorlik va muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan bo‘lishishdi. Sohaga yoshlarning qiziqishini oshirish maqsadida muloqotlar qilindi, ularning savollariga javob berildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun