“Milliy jurnalistika: an’analar davomiyligi va zamonaviylik” xalqaro II mediaforumi nihoyasiga yetdi

Date:

Mediaforum jurnalistik faoliyat davomida mavzuni qanday yoritish, qanday yondashish kerakligi haqida o‘ziga xos jihatlarni uqtirish, o‘rganish bilan birga ijodkor jurnalistlarni ilhomlantirdi, olam-olam taassurotlar olishi uchun ham imkoniyat yaratdi.

Go‘zal tabiat manzaralari bilan tanishuv, muqaddas qadamjolarga tashrif-u ziyorat ko‘ngilga taskin bo‘ldi. Bilmaganlarimizni bilishga, qiziqarli manbalar bilan tanishishga, jannatmakon yurtimizning o‘ziga xos jozibasini, tarixini, muqaddas joylarini yangidan kashf qilishga xizmat qildi. Ayniqsa, muolajaa olish kurslari tanamizga kuch bergandek, toliqishlarimizni zumda chiqarib yuborgandek bo‘ldi. Har bir bosqich, har muolajaa tan-u ruhga rohatdek. Hamkasblarimiz bilan doimiy tarzda ushbu sanatoriyga kelishni, bir yilda bir bora bo‘lsa-da uchrashib turishni reja qildik…

Mediaforumning so‘nggi kuni… erta tongdan uyg‘ondig-u badantarbiya qilish uchun shoshdik. Sababi har kungi mashg‘ulotlarga odatlanib qolgandik. Davomli mashqlardan so‘ng, tanimizni chiniqtirib, nonushtaga o‘tdik. Shundan so‘ng, bizni katta tadbir, ajoyib bayram dasturi kutib turardi. Besh kunlik ijodiy-kasbiy xizmat safarimiz yakunlanganini his etdik. Mediaforumning tantanali yopilish marosimidan so‘ng, tashkilotchilar biz jurnalistlarni yorug‘ yuz ila manzillarimizga kuzatdi.

Taassurotlar esa ajoyib. Yosh jurnalist, sohaga endigina teta-poya qilishni boshlagan inson sifatida aytishim kerakki, o‘zim uchun kerakli tavsiyalarni oldim. Voqea joyida ko‘rganlarimni qanday yoritish kerakligini, asosiysi qanday yondashishni bilaman. O‘zimga, qalamimga ishonchim ortdi.

Demak, jurnalistlarni birlashtiradigan, tajriba almashishda maktab vazifasini o‘taydigan, an’analar va zamon bilan hamnafaslikni uyg‘unlashtiradigan mana shunday mediaforumlarni, seminar va ijodiy uchrashuv, mahorat darslarini tez-tez tashkil etib turish kerak. Bular bizni charhlaydi, yangidan-yangi qirralarimizni kashf etishga turtki bo‘ladi.

Naimullo Muhibulloyev
“Surxon tongi” muxbiri

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Tadbirkor qizlar” biznes marafoni start oldi

Xotin-qizlarni biznesga qiziqtirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari uchun yetarlicha...

Yangi imkoniyatlar…

Surxondaryo viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati jamiyat hayotining deyarli...

Surxondaryo delegatsiyasi Tojikistonda

Yurtimiz Mustaqilligining 33 yillik shodiyonalari hali tugagagni yo‘q. xalqimiz...

«Qo‘mondonlik kubogi» musobaqasida

Sport birdamlikka, sport jismoniy chiniqish-u muvaffaqiyatga boshlaydi. Yoshlarimizni sportga...
KunTun
KunTun