JARQO‘RG‘ONGA “YANGI NAFAS” ULASHIB…

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida “Yangi nafas” sport musobaqasi Jarqo‘rg‘on tumanida ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashabbusni mamnuniyat ila qabul etgan yosh-u keksa borki, erta tongdan tumandagi Sanoat hududida hozir-u nozir bo‘ldilar.

Ushbu hududdan “Qo‘shtepa” mahallasidagi 9-maktabgacha 3 kilometr masofa zumda bosib o‘tildi. Mingdan ortiq ishtirokchi qatnashgan ommaviy yugurish musobaqasida tuman yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari jarayonni finish chizig‘iga qadar kuzatib bordilar.

Finishda esa barcha ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan katta bayram tadbiri kutardi. Tadbir bahona “Yangi nafas” marofoni g‘oliblarining taqdirlash marosimi o‘tkazildi. G‘oliblar medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, 5 tashabbus doirasida shaxmat-shashka, kamondan o‘q otish, valeybol, stol tennis kabi sport musobaqalari o‘tkazilib, jarayonlar qizg‘in tus olgan bo‘lsa, chanqovuz chalishda, qo‘shiq kuylashda iqtidori borlar ham saralandi. Rasm chizish tanlovida esa yosh rassomlar va rassomchilikka ishtiyoqi baland yoshlar bor mahoratlarini ishga soldilar. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiylar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyishi esa barchada katta taassurot qoldirdi.

Tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar esa yoshlarning o‘yin-kulgulariga ulandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun