Iqtidorlar saralandi

Date:

Inson kamolotida san’atning o‘rni nihoyatda muhim. Ko‘ngil go‘zalligi, yaratuvchanlik, bunyodkorlik tuyg‘ulari ila inson o‘ziga zeb beradi. San’atga oshno yoshdan yomonlikni kutmaysiz. Shunday ekan, yoshlarning san’atga ishtiyoqini oshirish, yangidan-yangi qirralarini kashf etish uchun san’atning u yoki bu turiga qiziqishlarini sinab ko‘rgan holda ularni jalb etish eng to‘g‘ri yo‘l aslida.

Ovozi bor kuylashi, iste’dodi bor surat solishi, misralarni kelishtirib, she’r bitishi mumkin. Musiqiy asboblarni chalishga qiziqadiganlar esa mohir sozanda sifatida shakllanishi mumkin. O‘rganganlarini tomoshabinlar hukmiga havola etish, munosib bahoni olish esa san’atkor uchun eng yaxshi rag‘bat va mukofotdir. Boysun tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Xalq va zamonaviy cholg‘u asboblari tanlovi”ning tuman bosqichida ishtirok etgan o‘g‘il-qizlar ana shunday bahodan motivatsiya olishdi.

O‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyon etib, quloqlarga hush yoquvchi ohanglardan chalishdi. Har bir musiqiy asbobdan o‘ziga xos ovoz, o‘ziga xos jozibali ohang yangradi. Iqtidorli 36 nafar yoshning eng iqtidorlilari saralab, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun