“Mirzo Ulugʻbek vorislari” munosib nomzodlarni aniqlaydi

Date:

Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash iqtidorlarini kashf etish maqsadida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovi eʼlon qilindi. Bir yilda bir marta o‘tkaziladigan tanlovda Mirzo Ulug‘bekning haqiqiy vorislari aniqlanadi va munosib rag‘batlantiriladi. Shu maqsadda joylarda tanlovni o‘tkazishdan maqsad, uning ahamiyati haqida keng tushuntirishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakultetida mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qilish maqsadida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovining targ‘iboti olib borildi.
Targ‘ibotda TerDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.To‘rayev, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi direktori B.Xudanov hamda Surxondaryo viloyati tumanlaridagi maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, targ‘ibotda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublikasi tanlovining o‘tkazilishi tartibi, unda ishtirok etmoqchi bo‘lganlardan talab qilinadigan hujjatlar va iqtidorlar, shuningdek, ushbu jamg‘armaning imtiyozlari qatnashganlarning yutuqlari haqida aytib o‘tildi.
Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Umid qilamizki, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” haqiqatan munosib nomzodlarni kashf etadi va qo‘llab-quvvatlaydi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun