USAID AYOLLAR UCHUN KASBIY TA’LIM DASTURINI BOSHLADI

Date:

Bugun ayollarga zaifa sifatida qaramaymiz. Balki ular jamiyatning erkaklar bilan teng a’zosi. Turli sohalarda mehnat qilish bilan birga o‘z biznes va loyihalariga ham bosh. Qaysidir ma’noda qishloq ayollarining orasida ham o‘z yo‘lini topa olmayotgan, qiyin vaziyatlarga tushib qolganlari ham afsuski bor. Ular yolg‘iz emas. Oxirgi yillarda O‘zbekiston hukumati tomonidan gender zo‘ravonligiga qarshi kurashish borasida bir qator muhim choralar amalga oshirildi. Xususan, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi hamda 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish uchun 40 million AQSH dollari ajratilishi ayollarga qaratilgan e’tiborning yorqin isbotidir.

2022-yil aprelidan buyon AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi — USAID ko‘magida O‘zbekistonning qishloq hududlarida istiqomat qilayotgan mingdan ziyod ayol-qizlar biznes va tadbirkorlik yo‘nalishlaridagi o‘quv dasturlarini bitirdi. Shulardan 100 nafardan ziyodi ishga joylashgan bo‘lsa, 300 nafari tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bundan tashqari, USAID ayollar boshqarayotgan hunarmandchilik, agroturizm va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 30 ga yaqin korxona faoliyatini ham moliyalashitirmoqda. Shuningdek, USAID xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi orqali qishloq joylarda istiqomat qiladigan 200 nafar ayolni mikrobiznes ochish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar bilan ta’minlagan.

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) gender zo‘ravonligini boshdan kechirgan yoki unga duch kelishi mumkin bo‘lgan mingdan ziyod qishloq ayollari uchun mo‘ljallangan kasbiy ta’lim va tadbirkorlik sohasidagi o‘quv dasturi davom etmoqda. Dastur shunisi bilan ahamiyatliki, bitiruvchilarga malakali ish qidirish va o‘z biznesini ochishda ham ko‘maklashiladi.

Maxsus kasbiy malaka orttirishga ko‘maklashish, tadbirkorlik sohasida o‘qitish, murabbiylik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali USAID ayollarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi ishtirokini rag‘batlantirib, gender zo‘ravonligining asosiy sabablaridan biri bo‘lgan qishloq joylardagi kambag‘allik muammosining hal etilishiga hissa qo‘shadi.

Tashabbusning umumiy qiymati 3,4 million AQSh dollariga teng va ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish maqsad qilingan. Kasbiy tayyorgarlik doirasida bemorlarga qarash, hunarmandchilik, agrobiznes, gulchilik va pazandachilik o‘rgatiladi. Tadbirkorlik sohasidagi o‘qish moliyaviy boshqaruv, biznesni rejalashtirish, buxgalteriya hisobi va marketing yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tadi. Dastur bir qator nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘quv mashg‘ulotlari Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida bo‘lib o‘tmoqda.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Migrantlar mahalladoshiga skuter sovg‘a qilishdi…

Azal-azaldan yurtimizda mahalla-ko‘y orasida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ orasida mehr-oqibat, sahiylik,...

“Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi

Yoshlarning har daqiqasi foydali va munosib o‘tishi kerak. Oltinga...

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Kambag‘allik ishsizlik, bekorchilikdan, birinchi qadamni tashlashga cho‘chishdan kelib chiqadi....

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlasak…

Bugun negadir ajrimlar, oilaviy nizolar haqida bot-bot to‘xtalamiz. Muammoning...
KunTun
KunTun