“Xalqaro qishloq ayollari kuni” — e’tiborni yangi pog‘onaga ko‘tardi

Date:

Qishloq ayollari haqida gap ketsa, soddadil, mehnatkash, samimiy ayol timsoli ko‘z oldimizda gavdalanadi. Aslida, ayol qishloqlik yoki shaharlik deya tabaqalarga ajratilmaydi. Ammo, qishloq muhiti, hayoti ayollarni yanada tirishqoq, harakatchan bo‘lishga o‘rgatadi, tayyorlaydi.

Gender tengligi g‘oyasi jamiyatga kirib kela boshlagandan buyon ayollar uchun ham jtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotga aralashish imkoni paydo bo‘ldi. Ayniqsa, BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi yigʻilishida fidoyi, mehnatkash qishloq ayollarini eʼtirof etish, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish maqsadida 15-oktyabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni deb eʼlon qilinishi ayolga, onaga bo‘lgan e’tiborni yana bir yangi pog‘onaga ko‘tardi. Qishloq ayollarining hayotini yaxshilashga harakat qilish qonunan, xalqaro miqyosda belgilab berildi. Mamlakatimizda ham bir necha yilki, ushbu kun bayram sifatida e’tirof topdi.

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga bag‘ishlangan san’atkorlar bilan uchrashuv ana shu e’tirofning amaldagi ifodasi bo‘ldi. Madaniyat saroyida o‘tkazilgan uchrashuv ayollarni bir zum bo‘lsa-da, o‘z tashvishlarini unutib, betakror musiqa jarangidan bahramand bo‘lishga undadi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehriddin Rahmatov va aktrisa Ra’no Shomirzayevalar ishtirokidagi ijodiy uchrashuv hamda konsert dasturi so‘ngsiz hissiyotlar, o‘chmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Ijodiy uchrashuvda tumandagi barcha xotin-qizlar taklif etilib, konsert dasturidan bahramad bo‘lishdi.

D.Oybekova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun