Natija sinovda namoyon…

Date:

Ilm yo‘liga kirgan inson cheksiz ummon ichra suzuvchi shovvozga o‘xshaydi. Sababi, ilm olish mashaqqatli, yuki zalvorli. Ammo, natijasi ham qiyinchilikka yarasha. Rost-da, mehnatning natijasi ko‘ringandagina nima uchun harakat qilganingni anglaysan kishi. Natija esa sinovda namoyon…

Surxondaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Respublika asosiy fanlar olimpiadasining II shahar bosqichining start olgani o‘quvchilarning olgan bilimini namoyish qilish vaqti kelganiga bir ishoradir. Olimpiada azal-azaldan o‘quvchilarning bilimini yuzaga chiqarish, intellektual salohiyatini oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi. 26-maktab binosida to‘planganlar matematika, ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili fanlari doirasida o‘z bilimlarini sinashni maqsad qilib olishgan. 330 o‘quvchining barchasi ham eng oliy o‘rinlarga talabgor.
Bejizga yaxshi o‘qituvchini yonib turgan shamga qiyos qilishmaydi. Ustoz o‘quvchisining yo‘llarini yoritish uchun o‘zini eritib boradi. O‘quvchisiga yuksak ishonch bildirgan ustozlarning ko‘zlarida umid uchqunlari porlab turibdi. Ular ham o‘quvchidan kam hayajonda emas.

—Bir necha yildan beri o‘quvchilarimni fan olimpiadasiga olib kelmoqdaman, —deydi 8-maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Xurshida Xushboqova. — Ularning orasida viloyat, respublika bosqichlarida o‘rin olganlari ham bor. Har safar o‘quvchilarim bilan qo‘shilib kelib, ularni qo‘llab-quvvatlab turaman. O‘quvchilar uztozlarni ko‘rib tursa, ruhlanadi, bizdan kuch oladi. Ular yonlarida turishimizga muhtoj.

Har bir xonaning kameralar bilan ta’minlanganligi, olimpiada savollari va javoblarining shu kunning o‘zida mas’ullarga topshirilishi shaffoflik masalasida hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emasligini ko‘rsatib turibdi. Ilk qat’iy nazoratdan o‘tgan o‘quvchilar imtihon xonalariga kuzatib qolindi. Ilgarigi davrlarga nisbatan hozirda hamma narsa mukammal o‘ylangan, bolalarning qosh qoraygungacha natijalarini kutib o‘tirishlariga hech bir ehtiyoj yo‘q. Sababi, natijalar telegram ijtimoiy tarmog‘ining maxsus kanallarida e’lon qilib boriladi. Balki, Surxondaryo viloyatining fan olimpiadasi doirasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishda viloyatlar orasida eng peshqadam ekanligi ham yaratilgan sharoitdandir. 9-10-11 sinflar o‘rtasida o‘tkazilayotgan asosiy fan olimpiadasi 5 kun davomida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

D.Otaqulova,
N.Muhibulloyev,
(foto)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

678 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Denov tumani "Yoshlik" mahallasi Alamjahon qishlog‘i aholisi uchun diametri...

Mashg‘ulotlar boshlandi

O‘zbekistonda qirg‘iz-o‘zbek kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar 14-oktyabrga...

Kaskad usulida…

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan AQShning Mehribonlik korpusi...

“Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi

Ezgu amallarni o‘zida mujassam etgan “Yashil makon” umummilliy harakati...
KunTun
KunTun