MARAFON SAYOHATGA ULANDI…

Date:

Doimiy ravishda piyoda yurish — qon bosimini me’yorlashtiradi. Kayfiyatni, qolaversa, organizmning umumiy holatini yaxshilaydi. Shuningdek, qonda xolesterin miqdorini me’yorlashtirib, ateroskleroz rivojlanish xavfining oldini oladi. Doimiy piyoda yurgan inson infarkt va insult kabi hayot uchun xavfli kasalliklardan uzoq bo‘ladi.

Bir so‘z bilan aytganda, organizmning umumiy chidamliligini va yurak-qon tomir, nafas a’zolari imkoniyatlarini oshirishda piyoda yurish sport zalidagi mashg‘ulotlardan anchagina samaralidir. Yurish vaqtida tana harakatlari va mushaklar qisqarishi barcha a’zo va to‘qimalarda, qorin bo‘shlig‘i, kichik chanoq a’zolarida qon aylanishini kuchaytiradi hamda qon tarkibida kislorod, ozuqa moddalari miqdorini oshiradi. Demak, yoshi ulug‘larimiz ham piyoda yurishni odat qilsalar, ularning tanalariga dard yaqin yo‘lay olmaydi. Shu sababdan ham Termiz shahrida start olgan “Keksalar haftaligi” piyoda yurish marafoni bilan boshlandi.

Shaharning “Navbahor” ko‘chasi bo‘ylab boshlangan marafonda keksalar safiga ko‘ngilli yoshlar ham kelib qo‘shildi. Ajoyib tongi ob-havoda oyoqlar chigili yozildi. Tanlar chiniqib, kayfiyatlar ko‘tarildi.

Marafon Termiz arxeologiya muzeyiga sayohatga ulanib ketdi. Kechagi kunimiz, ajdodlarimiz tarixi bilan tanishganlar yangidan-yangi taassurotlarni olishdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun