250 nafarga yaqin fuqaro bandligi ta’minlanadi

Date:

Qishloq xo‘jaligi sohasida Surxondaryoning o‘z tajriba maktabi bor. Albatta, yutuqlar, erishilgan natijalar esa maqtangulik. Vohaning fermer va dehqonlari yangi navlarni sinash, yetishtirishdan cho‘chishmaydi. Yerga mehr berib, yuqori hosildorlikka erishib kelayotir.

“Surxon flowers” MCHJ tomonidan Sherobod tumanida 50 gektar yer maydoniga “Brokle” navli karam ko‘chatlari, 28 gektar yer maydoniga esa pomidor va bodring urug‘lari ekilib, parvarish qilinmoqda. Ushbu faoliyatning boshlanishi ortidan 250 nafarga yaqin fuqaro bandligi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Qolaversa, faoliyat tumanning eksport salohiyati va qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatadi.

Bu ishda Prezidentimizning 2022-yil 27-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomilllashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori dasturil amal bo‘lib xizmat qilyapti. Qarorga muvofiq, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi tomonidan “Surxon flowers” MCHJga imtiyozli kredit asosida urug‘lar, yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar ajratilgan.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...

ID kartalari topshirildi

Muzrabot tumanida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan...

Tozalik xizmatlari 100 foizga yetkaziladi

Surxondaryoda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlar yangi...

Yangi tartib joriy etilmoqda

O‘zbekistonda aholining ko‘p yillardan beri muammoga aylangan — o‘zboshimchalik...
KunTun
KunTun