“Ishim sabab hayot- yashashga qiziqishim ortdi…”

Date:

Farzand sog‘lom tug‘ilsa, ota-onaning undan umidi katta bo‘ladi. Qandaydir nogironligi bo‘lsa, bunday bolani jamiyatdan yashirishga, ta’lim-tarbiya olishga, kasb egasi bo‘lish-u, ishlashiga qarshilik qiladigan ota-onalar ham afsuski bor. Bunday bolaning taqdiri qanday kechadi? Ularning huquqlari cheklanib, erkinligi toptalmayaptimi? Odamlarga qo‘shila olmaydigan, o‘z qobig‘iga o‘ralib olgan bolalarni jamiyatga qo‘shish, ularni oddiy holdek, boricha qabul qilish shart va zarur aslida.

Angorlik Muhabbat Normo‘minova esa shukrki, bunday onalardan emas. U nogironligi bor farzandi Zafar Toshmurodovning fikrlarini, qiziqish va qarorlarini doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Birgalikda o‘z oldilariga orzu va maqsadlar qo‘yib, oldinga intilishadi.
Zafar 20 yoshda, tengdoshlari qatori ishlashni, oilasiga, onasiga naf keltirishni istaydi. Yurtimizda yaratilgan imkoniyatlardan o‘rinli foydalanishni boshlagan Z.Toshmurodov ilk qadamni tashladi — “Yoshlar daftari”ga kiritildi. Buni qarangki, qisqa fursatda istagi amalga oshib, uni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan yengil konstruksiyali doʻkon qurib berildi va kompyuter xizmatlari uchun kerakli jihozlar bilan taʼminlandi.
Zafar erta tongdan o‘ziga ishonch bilan uyg‘onadi va onasining duosini olib, ishga otlanadi. Muhimi, foydali ish bilan mashg‘ul, odamlarga, atrofdagilarga yordami tegyapti.
— Bir ish bilan band bo‘lsangiz, vaqt qanday o‘tganini bilmay qolar ekansiz. Bekorchilikdan, shiftga tikilib yotishdan yomoni yo‘q. kompyuter xizmatlarini ko‘rsatish bilan birga, o‘zim uchun kerakli bilimlarni o‘qib o‘rganyapman, — deydi Zafar. — Qilayotgan ishim sabab hayotga, yashashga qiziqishim ortdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun