Xalqaro turnirda ikkinchi…

Date:

Gandbol, ya’ni qo‘l to‘pi o‘yinida faollik, jamoaviy ishlash muhim. Ana shundagina raqib darvozasiga to‘pni kiritish mumkin. Jarayonni kuzatish, qaysidir jamoani qo‘llab-quvvatlab turish ham qiziqarli mashg‘ulot. Shimoliy Kipr Turk Respublikasida uyushtiriladigan “Famagusta handball cup” xalqaro turnirini tomosha qilish ham ana shunday maroqli kechdi. Sababi unda O‘zbekiston terma jamoasi ham munosib ishtirok etib, tomoshabinlar ishonchini oqladi.

Turnirda ishtirok etgan jamoalarning jismoniy tayyorgarligi, o‘yinga yondashuvi tahsinga sazovor. Ammo, yurtdoshlarimiz ham bo‘sh kelishmadi. Ular faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 4 nafar sportchi va bir nafar trener surxondaryolik ekani bo‘ldi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun