O‘yinchoqlar ustasi aniqlandi

Date:

Mato qoldiqlari, qog‘oz qiyqimlarini hech narsaga yaramaydigan chiqindi misol uloqtiramiz. Ammo, mohir qo‘llar ulardan ajib san’at asarlarini yaratishga-da qodir. Buning uchun qunt va ishtiyoq bo‘lsa bo‘lgani.
Sho‘rchi tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mohir ijodkor tarbiyachilari ishtirokida o‘tkazilgan “O‘yinchoqlar ustasi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida ana shunday ijod namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazma katta-yu kichikning e’tiborini tortdi. 8 yo‘nalishda bo‘lib o‘tgan tanlovda karton qog‘ozidan yasalgan uylarning dizayni, rangli qog‘ozdan ishlangan dekorativ suratlar tomoshasi kishiga zavq-shavq bag‘ishladi. Atlas ko‘ylak, do‘ppidagi, sochlari o‘rim-o‘rim qilib o‘rilgan milliy o‘yinchoqlar esa tarbiyalanuvchilarning qo‘llaridan tushmadi.

Ayniqsa, bog‘cha opalarning o‘z qo‘llari bilan yaratayotgan qo‘g‘irchoqlarning yasalish jarayonini, ishga yondashuv va yasash texnikasini kuzatish bahonasida, ularga munosib baho berish mumkin. Hakamlar hay’ati ham ayni shu jihatlarga e’tibor berishdi.

— Bolalarning dunyoni anglashi, tasavvur olamining kengayishi, so‘z boyligining shakllanishida milliy o‘yinchoqlarning ahamiyati kattadir, — deydi 1-MTT psixologi N.Safarova. – Ijodkor tarbiyachilarimiz yasagan milliy qo‘g‘irchoqlar qizaloqlarda ibo, hayo, andisha tuyg‘ulari shakllanishiga, o‘g‘il bolalarning mardlik, jasurlik, halollik kabi fazilatlar ruhida ulg‘ayishiga ko‘maklashadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun