SHO‘RCHIDA TURIZM BEKATI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

Date:

Oltin voha o‘zining tarixdan so‘zlovchi qadimiy va noyob topilmalari, hushmanzara va bahavo tabiati bilan sayyohlar e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda. Har bir tumanning o‘ziga xos yodgorliklari, manzilgoh-u qadriyatlaridan so‘zlovchi topilmalari bor. Xususan Sho‘rchi tumanidagi Dalvarzintepa yodgorligi, qolaversa, tom ma’noda tumanda ketayotgan o‘zgarish-u yangilanishlarni tomosha qilishni ko‘ngliga tukkan borki, tashrif buyuradi. Xorijiy va mahalliy mehmonlarga qulaylik yaratish, ko‘ngildagidek xizmat ko‘rsatish maqsadida tumanning 1-sektor hududida “Kushon” turizm bekati o‘z faoliyatini boshladi.

Bekat o‘ziga xos dizaynda qad rostlagan bo‘lib, barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish, tashrif buyuruvchilarning belgilangan turizm manzillariga qulay, xavfsiz hamda yuqori sifatli servis ko‘rsatilgan holda yetib borishlariga xizmat qilish maqsadida faoliyat boshlagan bekatda 24 nafar yoshning bandligi ta’minlangan.

Bekatning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi B.Xudoyberganov va sektor rahbarlari ishtirok etdi. Ular shart-sharoit va xizmat turlari bilan tanishisharkan, mana shunday xizmat nuqtalarini ko‘paytirish borasida kelishib olishdi. Haqiqatan ham bunday bekatlar turizmni rivojlantiribgina qolmay, tadbirkor va ishbilarmonlar uchun daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun