Bepul atraksion va sayllar tashkil etildi

Date:

Yozgi ta’tilning har bir kuni g‘animat. Fursatdan to‘g‘ri foydalanmoq shart. Albatta, uy yumushlari bilan birga, mutolaa, sport, sevimli mashg‘ulotlar bilan band bo‘lish, til o‘rganish mumkin. Shu bilan birga ko‘ngildagidek xordiq chiqarishni ham unutmaslik kerak.

Boysun tuman hokimining tashabbusi esa tuman o‘quvchi-yoshlarini quvontirmay qo‘ymadi. Sababi hokim taklifi bilan Yoshlar istirohat bog‘ida haftaning har kuni mahallalarda “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlar va ularning farzandlari uchun bepul atraksion va sayllar tashkil etildi.
Tashabbusdan ruhlangan Ariq usti, Toqchi mahallasi, Chorchinor hamda Bog‘ibolo mahallalarida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar va ularning farzandlari saylga chiqdilar. Bepul atraksionlarda ko‘ngildagidek xordiq chiqarishdi.

Yoshlar bog‘i bolajonlar bilan gavjum. Ularning shodon hayqiriqlari, o‘ynab-kulishlarini kuzatib turib, ozod va obod yurtda mana shunday manzaralar yarashishiga ishonch hosil qilasan kishi. Ezgu tashabbusning daraklari vohamiz bo‘ylab yoyilsa, ajab emas…

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun