Sendvich panelli bog‘cha o‘z faoliyatini boshladi

Date:

Bugungidek barcha sohada rivojlanishlar ketayotgan bir davrda imkonsiz degan tushuncha o‘z qiymatini yo‘qotib ulgurgan. Maktab va bog‘chalar, osmono‘par binolar ko‘z ochib yumguncha qad rostlab, xizmat ko‘rsatishni boshlayotir. Buning uchun istak va xafsala bo‘lsa kifoya. Sho‘rchi tumanining Oliyhimmat mahallasi eng olis hududda joylashgan emasmi, bolalarning bog‘chaga borishi ham muammo bo‘layotgan edi. Ammo, qisqa muddat ichida sendvich panelli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib bitkazilgani mahalla ahlini shod etdi.

120 o‘rinli 42-sonli ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotida barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yumshoq va qattiq mebellar, kerakli jihoz va uskunalar bilan jihozlangan xonalar milliy, madaniy, tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi detallar bilan bezatilgan. Ajoyib ertak kitoblari, didaktik o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan boyitilgan mashg‘ulotlar xonasi, oshxona-yu yotoqxonalarda bolajonlar ko‘ngildagidek ta’lim-tarbiya olishadi. Yaratilgan qulayliklar bilan tanishganning ko‘ngil-u ko‘zi quvondi. Endi ular bemalol o‘g‘il-qizlarini ayni shu bog‘chaga berishadi. Malakali tarbiyachi mutaxassislarning jalb etilganidan ota-onalar mamnun bo‘lishdi. Sababi bolalarning ma’nan va jismonan sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishi uchun turli fan va sport to‘garaklari, mantiq, mental arifmetika kabi qiziqarli mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Shu bilan birga rus va ingliz tillari o‘rgatiladi.

3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamrab olish belgilangan muassasada me’yorlashtirilgan besh mahal issiq ovqat beriladi. Bog‘chaning tashqi tomonida esa bolalar uchun o‘yin va sport maydonchalari, yozgi ayvonchalar bolalar uchun xizmatga shay qilib qo‘yilgan.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun