Peshlavhalar davlat tilida bo‘lishi ta’minlanmoqda

Date:

O‘zbekiston Respublikasi davlat tili — o‘zbek tilidir. Amaldagi yozuv lotin yozuviga asoslanganiga qaramay, qayerga boqmaylik rus yo ingliz tilidan olingan qurama so‘zlar bilan yozilgan e’lon-u nomlarga ko‘zimiz tushadi. “Muslimbook”, “M-style”, “Durum”, “Imperia” yana baloyi battarlar…

Ba’zida odam qay biri o‘zbek tilida-yu, qay biri o‘zlashganini ham bilolmay qoladi. Muqobil varianti bo‘lmasa ham mayli edi, ammo “apteka” so‘zining o‘rnida erkin “dorixona” deb ishlatishimiz, shuningdek, jamoat joylarga o‘zbekcha betakror, serma’no nomlar ham qo‘yish mumkin-ku. Bu ishlarning oldi olinmay, shu holatda davom etaversa, o‘zbek tilining nufuzi tushib ketish xavfi ortadi, nazarimda.

Ushbu holatdan qayg‘urgan mutasaddilar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2022-yil 18-maydagi topshiriq xati ijrosi bo‘yicha Bandixon tumanida o‘z ishlarini boshlashdi. Bu hududdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ilingan tashqi yozuvlar va peshlavhalar davlat tilida bo‘lishi ta’minlanmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-sentabrdagi 5817-sonli Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi Obod yurt ko‘chasida joylashgan bir qancha tadbirkorlik subyektlariga tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Ogohlantirish xatlari berildi. Umid qilamizki, sa’y-harakatlardan so‘ng tadbirkorlar tilimizning butun jozibasidan foydalanish yo‘li sari qadam qo‘yishadi.

Dildor Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun