Nafaqa tayinlashda davlat xizmatlari ko‘rsatish

Date:

Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga davlat xizmatalarini ko‘rsatish bugungi kunning ustuvor vazifasiga aylangan. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 248-son qarori asosida Davlat xizmatlari markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga nafaqa tayinlashning 8 turi bo‘yicha, ya’ni yoshga doir, boquvchisini yo‘qotganlik, nogironlik bo‘yicha (yoshga doir) nafaqalar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda. Buning uchun murojaatchi davlat xizmatlari markazlariga o‘zi (yaqin qarindoshlari, ishonchli vakili hamda vasiy yoki homiy) kelib yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanishi mumkin. O‘zi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lsa bo‘lgani. Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul va xizmat ko‘rsatish muddati avtomatik amalga oshiriladi. Bordi-yu murojaat qiluvchi o‘zi (yaqin qarindoshlari, ishonchli vakili hamda vasiy yoki homiy) kelib murojaat qilgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi murojaat qiluvchining nomidan, YalDXP orqali murojaat etgan taqdirda mustaqil ravishda ushu so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng murojaat qiluvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi. Murojaat qiluvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, so‘rovnomani tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin. Murojaat qiluvchilar tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi yoki uni tasdiqlashning rad etilishi davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi. Murojaat qiluvchilar davlat xizmatlardan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi. Murojaat qiluvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlan markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, murojaat qiluvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 5 daqiqa mobaynida, YaIDXP orqali murojaat qilinganda avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. Vakolatli organ so‘rovnomani olganidan so‘ng 5 daqiqa mobaynida nafaqa tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning farzandlari, oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari, shu jumladan, vafot etgan oila a’zosi to‘g‘risidagi ma’lumotlami aniqlash uchun Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining hamda nogironligi mavjud yoki mavjud emasligi hamda bolalikdan nogironligi bor (bo‘lgan) farzandlari to‘g‘risidagi ma’lumotIarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot tizimlari orqali o‘rganadi. Ma’lumotlar o‘rganilganidan so‘ng vakolatli organ tomonidan 5 daqiqa mobaynida nafaqa tayinlash yoki uni rad etish haqida qaror qabul qilinadi hamda bu haqidagi ma’lumot tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXPga elektron tarzda yuboriladi. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda ma’lumotda rad etish sabablari ko‘rsatiladi. Davlat xizmatlari markazi ma’lumot olinganidan so‘ng 5 daqiqa mobaynida nafaqa tayinlangan taqdirda nafaqani qachon va qayerdan olish to‘g‘risida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.

Ha aytgancha, Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi. Murojat qiluvchilar davlat organlari va boshqa tashkilot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.

Zoxir Islomov,

Dilrabo Xurramova,

Termiz shahar DXM mutaxassislari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU talabalari o‘qishni Turkiyada davom ettiradimi?

Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin deyishganidek, til o‘rganishda ham...

Pilla mavsumiga start berildi

Joriy yil pilla hosili uchun birinchi mavsumga start berildi....

Ijodkor yoshlar bellashdi

Ijodkor, qo‘liga qalam tutib, nasr yoki nazmda ijod qilishni...

Mehmonlar yuksak saviyada kutib olinadi

Joriy yilning 1-7-may kunlari “Boysun bahori” xalqaro festivali bo‘lib...
KunTun
KunTun