Sog‘lomlashtirish yo‘lida…

Date:

Yoz — sog‘lomlashish, chiniqish fursati. Ayni shuning uchun ham maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlari olib borilmoqdaki, bundan bolalar ham zavq olib, har bir kuni katta taassurotlarga boy o‘tayotir. Denov tumanidagi davlat xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan “Qaqajonlar” nomli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarni chiniqtirish, mashg‘ulotlarini yanada qiziqarli tashkil etish maqsadida “Suv bayrami” nishonlandi.
Xolbuki, suv, havo va quyosh vannalarini o‘tkazish chiniqtirish jarayonidagi maxsus tadbirlar sanaladi. Tadbirda bolalar ertak qahramonlari liboslarida ko‘rinish berib, dengiz hukmdori, suv parilari va boshqa qahramonlar obrazlarini jonlantirdilar. Qizg‘in voqealar rivoji, bolajonlarning ishtiroki esa jarayonni yanada qiziqarli o‘tishiga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun