“Yashil makon” loyihasi davom etmoqda

Date:

Ekologiyani, tabiatni asrash, yashab turgan makonimizni yashillikka burkash har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir. Yurtimizda ham ana shunday ezgu tashabbus va g‘oyalar birlashib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilayotir. Loyiha doirasida yilning qay fasli bo‘lmasin, yerga yaxshi niyat, ulug‘ maqsad bilan ko‘chat qadalib, nihollarning gullab-yashnashi uchun ham parvarishi uni ekkan tashkilot va mas’ullarga biriktirilganidan xabardormiz.
Bunday harakatlarning davomi sifatida “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali davom ettirish maqsadida Surxondaryo viloyatidagi Yuqori Toʻpalang milliy tabiat bogʻi xodimlari va mahalliy aholi bilan hamkorlikda milliy bogʻ maʼmuriy binosida hashar yoʻli bilan kashtan, pavloniya kabi manzarali daraxtlar hamda lavanda guli koʻchatlari oʻtkazildi.
Ko‘pning harakati bilan boshlangan ish daraxt va gul ko‘chatlari ekish bilan to‘xtab qolmadi, balki hudud hamda katta yoʻl yoqalari ham maishiy chiqindilardan tozalandi. Ekilgan koʻchatlar esa sugʻorildi. Barcha ishlar yakuniga yetgach, ajib manzarani kuzatgan borki, katta obodonlashtirish va ekin-tikin ishlarini ko‘rib, bahri dili ochildi. Hasharchilar o‘z makonlarida doimiy ravishda mana shunday hasharlarni tez-tez uyushtirib, ko‘chat ekishga, obodonlashtirish ishlari olib borishga kelishib olishdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun