G‘alvir suvdan ko‘tarildi

Date:

Barcha maktablarda bo‘lgani kabi Oltinsoy tumanidagi 45-umumta’lim maktabida ham o‘quvchi qizlarni kasb-hunarga tayyorlash maqsadida “Orasta qizlar” to‘garagi yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv yili davomida to‘garak ishtirokchilari adabiyot va san’at sirlarini o‘rganishgan bo‘lsa, pazandalikda ham anchayin mohir bo‘lishdi. Shu bilan birga tikish-bichish sirlarini o‘rganib, kiyim-kechak tikishu kashta solishga usta bo‘lishdi. Albatta, o‘quvchilar mehnatini, mahoratini har qancha maqtagan bilan qandaydir taassurot uyg‘otish qiyin. Fikrlarimizni dalillash uchun esa amalga oshirilgan ishlarni, mehnatu mahoratni amalda ko‘rsatmoq lozim. Shu maqsadda maktabda to‘garakning hisobot tadbiri o‘tkazildi.


G‘alvir suvdan ko‘tarilgan pallada har bir to‘garak a’zolari o‘z yo‘nalishlarida yil davomida erishganlarini ko‘rsatib, mahoratlarini namoyon etdilar. Tadbir o‘tkazilgan zal o‘quvchi qizlar tikkan kashta va qo‘l mehnati namunalari, chizgan suratlari va yasagan qo‘g‘irchoqlari bilan bezatildi. Qolaversa, tadbir davomida qizlar milliy taomlar tayyorlash, she’r o‘qish, raqs tushish, milliy libos va kashtalarni targ‘ib qilish, turli ro‘zg‘orbop buyumlar yasash borasida o‘z chiqishlarini-da namoyish etdilar. Bu esa mehnat bilan kishi xor bo‘lmasligini, hayotda o‘z o‘rnini topishi mumkinligini yana bir ko‘rsatib berganday bo‘ldi.


Tadbir yakunida esa o‘qishda, to‘garak mashg‘ulotlari va tadbirlarda faolligi uchun bir guruh qizlarga qator yo‘nalishlar bo‘yicha faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sport — yangi milliy yondashuv

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholining sog‘lom turmush...

Ish tashlash — endi qonuniy vosita

Zamonaviy mehnat munosabatlarida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi muvozanatni...

Sahnada porlagan iste’dod

San’at — yoshlarning ichki dunyosini namoyon etuvchi, iste’dod va...

“Yangi shahar”da yangi stadion

Hududlarda zamonaviy sport maskanlarini barpo etish — yoshlar salohiyatini...
KunTun
KunTun