Bog‘cha puli to‘lovidan kimlar ozod qilinadi?

Date:

Bola hayotida maktabgacha ta’limning o‘rni nihoyatda muhim. Ammo, hamma ham farzandini bog‘chaga olib borish imkoniyatiga ega emas. Moddiy jihatdan imkonsizlik bolani bog‘chaga borishdan mahrum qiladi. Xolbuki, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun ma’lum imtiyoz va imkoniyatlar borki, bu ularga bir qancha yengillik beradi. Mazkur masala “Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga asosan tartibga solingan va nizomga ko‘ra, bog‘chada bolalar umumiy sonining 15 foizi (bog‘chada 100 nafar bola bo‘lsa, shulardan 15 nafari ozod qilinishi mumkin) doirasida kam ta’minlangan oilalar farzandlari to‘lovdan ozod qilinadi.
Aytish kerakki, bog‘cha to‘lovidan birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga, shuningdek, o‘rtacha oylik jami daromadi eng past darajada bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi. To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati mahalla tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotnomaga va tegishli bog‘cha ota-onalar qo‘mitasining xulosasiga asosan aniqlanadi va shakllantiriladi.
To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati har o‘quv yilining 25-sentyabr kuniga qadar tasdiqlanadi. Ro‘yxatga kirmay qolgan, shuningdek, yil davomida aniqlangan kam ta’minlangan oilalar farzandlari hisobidan zaxira shakllantiriladi hamda to‘lovdan ozod qilingan bolalarning bog‘chaga qatnashi to‘xtatilishi natijasida bo‘shab qolgan o‘rinlar mazkur zaxiradan to‘ldirib boriladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun