Surxondaryoda 2 mingdan ortiq vakansiya mavjud

Date:

Surxondaryoda ish izlayotgan fuqarolar uchun qurilish sohasi va yirik kompaniyalarda 2 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni taklif etilmoqda. Shu imkoniyatlarni aholi uchun ochiq taqdim etish maqsadida yirik qurilish tashkilotlari ishtirokida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada 15 ta qurilish tashkiloti qatnashib, mavjud vakansiyalarini taqdim etdi. Tadbirga 3 mingga yaqin fuqaro jalb qilinib, ularning 1 ming nafari ish o‘rinlariga nomzod sifatida ro‘yxatga olindi.

Fuqarolarga qurilish sohasidagi turli kasb va lavozimlar taklif etilib, ayrim ish joylarida oylik maosh 8–10 million so‘mgacha etadi. Nomzodlardan lavozimiga qarab oliy ma’lumot, tegishli malaka, ish tajribasi yoki haydovchilik guvohnomasi talab qilinadi.

Bugungi kunda viloyatdagi qurilish tashkilotlari va yirik kompaniyalarda mavjud 2 mingdan ortiq vakansiya ish izlayotgan fuqarolar uchun yangi bandlik imkoniyatlarini taqdim etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun