Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Date:

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Shu maqsadda Angor tumanida tadbirkorlarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarni chuqur o‘rganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topishga qaratilgan tadbirkorlar qabuli tashkil etildi.
Qabulni tuman hokimi Qosim Mardonov, “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari U. Jumaniyazov hamda bankning viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i B. Hasanov o‘tkazdi.
Muloqot davomida tadbirkorlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, moliyaviy ko‘mak va kredit mablag‘laridan foydalanish, yer ajratish hamda infratuzilma bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdilar.
Har bir murojaat alohida va manzilli tartibda ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlarga mavjud imkoniyat va imtiyozlar yuzasidan kerakli  tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish masalalari bo‘yicha mas’ul rahbar va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari  tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoit yaratish, faoliyatini kengaytirishga ko‘maklashish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va investitsiyaviy loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muhimi, hech bir murojaat e’tiborsiz qolmadi. Ko‘tarilgan masalalarning ijrosi mas’ullar zimmasiga yuklatilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.
Tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni joyida bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun