39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Date:

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.

Tuman hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida ijtimoiy reyestrda turuvchi 39 nafar fuqaroga subsidiya asosida sug‘orish nasoslari topshirildi.

Mazkur yordam orqali suv ta’minoti mavjud bo‘lmagan xonadonlarning tomorqalariga suv chiqarish, yerga ekin ekish va qo‘shimcha daromad olish imkoniyati yaratilmoqda.

Tomorqadan unumli foydalanish orqali aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga xizmat qiladigan bunday amaliy ko‘mak kambag‘allikni qisqartirishning muhim vositalaridan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun