Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Date:

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik shaxmatchi Shamsiddin Vohidov yana bir yuksak natijani qayd etdi.

Samarqand shahrida o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan shaxmatchi ikkinchi bor oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shu munosabat bilan Termiz shahridagi Yoshlar markazida Shamsiddin Vohidov bilan tantanali uchrashuv tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, sport faxriylari, murabbiylar, yosh sportchilar va jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Uchrashuvda shaxmatchining sportdagi faoliyati va xalqaro musobaqalardagi yutuqlari haqida so‘z yuritilib, viloyat hokimi tomonidan unga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Muloqotda Surxondaryoda shaxmatni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun zarur sharoitlar yaratish masalalari ham muhokama qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun