Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Date:

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish taklif qilindi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevga ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha taqdimotda ma’lum qilindi.

Taqdimotda maktab darsliklarini yangilash, o‘quvchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, baholash tizimini takomillashtirish hamda pedagoglarga metodik yordam ko‘rsatishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kasbiy ta’limda yoshlarning qiziqishlarini erta aniqlash, texnikumlar dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish, korxonalar bilan hamkorlikda dual ta’limni kengaytirish va ta’lim muassasalarining moddiy bazasini mustahkamlash vazifalari belgilandi.

Oliy ta’limda universitetlar mustaqilligini kengaytirish, ta’limni ishlab chiqarish bilan yaqinlashtirish va talabalarining amaliy tayyorgarligini kuchaytirish taklif etildi. Ilm-fanda esa universitetlar, laboratoriyalar va korxonalar hamkorligini rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda ular asosida yangi mahsulotlar yaratishga e’tibor qaratildi.

Prezident ta’limning barcha bosqichlarini yagona tizim sifatida rivojlantirish, ayniqsa maktab va oliy ta’lim o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga bildirilgan takliflarni puxta ishlab chiqish topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun