Afg‘onistonlik talaba-yoshlar uchun…

Date:

Jurnalistika sohasiga qiziqqan borki, bugun ularning soha sirlarini o‘rganishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yetarli. Ana shunday imkonni beradigan “Jurnalistikaga ilk qadam” mediamaktabining ilk qaldirg‘ochlari soha sirlarini o‘rganib, kursni tamomlaganidan xabaringiz bor. Mediamaktabning navbatdagi manzili esa Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazi bo‘ldi.

Ta’lim markazining jurnalistikaga qiziqqan faol yoshlari, ko‘ngillilari borki, kursga yozilib, mashg‘ulotlarga ishtirok etishni boshladi. Oʼzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʼlimi mutaxassisi, mediatrener Mastura Hamrayeva boshchiligida 8 kunlik dastur asosida afg‘onistonlik talaba-yoshlar uchun maqola tayyorlash, mediasavodxonlik, internetda blogerlik faoliyati, videolavha tayyorlash, mobiljurnalistika sirlari o‘rgatiladi.
O‘quvchilar faqatgina nazariy bilimlar bilan cheklanmaydi, balki o‘rganganlarini amaliyotda sinab ko‘rishadi. Qolaversa, mashg‘ulotlar davomida “Surxon tongi va Zarya Surxana” gazetalari bosmaxonasida tanishuv amaliyoti o‘tkazilishi ham reja qilingan. Kurslarni tamomlagan talabalarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...
KunTun
KunTun