“Mirzo Ulug‘bek vorislari” saralandi

Date:

Mirzo Ulug‘bek vorislari qanday bo‘lmog‘i, qanday talab va sifatlarga javob bermog‘i lozim? Albatta, ilm-fanda, har bir sohada yangilik va ixtirolarga qodir izlanuvchan, ixtirochi, tinib-tinchimas yoshlarnigina munosib voris sifatida tasavvur etishimiz mumkin. Boshqacha aytganda Termiz tumanidagi 13-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida o‘tkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining 1-bosqichida ana shunday savollarga javob topish mumkin bo‘ldi.
Tanlovda 16-25 yoshgacha bo‘lgan 20 nafar o‘quvchi va talaba o‘z ixtirolari, g‘oya va ishlanmalari bilan ishtirok etdi. Aytish kerakki, qizg‘in intellektual bellashuvda eng yaxshi loyihalar taqdimotini o‘tkazgan 5 nafar isteʼdodli yigit-qiz yuqori natijani qayd etib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarning har biri tashkilotchilar tomonidan sertifikat hamda pul mukofotlari bilan moddiy rag‘batlantirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bugun — “Avtomobilsiz kun”

Bugun erta tongdan shahar va tuman ko‘chalarida avtomobillar qatnovining...

Ilg‘or tajribalar o‘rganildi

Hududlarda aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanish va oilalar...

Jarqo‘rg‘onlik velosportchilar g‘olib

Velosport — chidamlilik, tezlik va matonatni sinovdan o‘tkazadigan sport...

Gulchilik sirlari o‘rgatilmoqda

Uzun tumanining "Yangi ro‘zg‘or" mahallasida tashkil etilgan “Gulchilik tomorqa...
KunTun
KunTun