2023-yil hosili uchun chigit ekildi

Date:

Yerga urug‘ qadab ekin ekishning ham o‘z mashaqqati, qiyinchilik va sir-sinoatlari bor. Fermer va dehqonlar esa kerakli agrotexnik holatlar bilan bir qatorda ana shunday mashaqqatli sir-sinoatlarni yaxshi biladi. Shuning uchun ham har yili mo‘l hosil olib, mo‘may daromad olishadi. Shuni aytishsa kerak-da, mehnatning tagi rohat deb.
Ayni kunlar esa chigit ekib, paxta nihollarini yetishtirish uchun qulay muddat. Shu sababdan ham barcha tumanlardagi kabi Bandixon tumanidagi “Birdamlik” mahallasi hududida joylashgan “Bandixon textil cluster” yer maydonida 2023-yil hosili uchun chigit ekish bo‘yicha o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman hokimi A.Allamuradov, sektor rahbarlari, tumandagi klasterlar va fermerlar ishtirok etib, kerakli tayyorgarlik ishlari bo‘yicha tavsiya va maslahatlarga quloq tutdilar. Qolaversa, chigit ekish agregatlariga qo‘yiladigan agrotexnik talablar va ularni qondirish usullari hamda qishloq xo‘jaligi texnikalarini tayyorlash jarayonlari haqida so‘z yuritildi.
Seminarda so‘z olgan Bandixon tumani hokimi A.Allamuradov:
— Zero, ekish oldidan mayin tuproq hosil qilinsa, yer sifatli tekislansa, chigit bir xil chuqurlikka tushadi va tuproqdagi nam hisobiga bir tekis unib chiqadi, — deb o‘zining tavsiyalarini berdi.
Shu kunning o‘zida ushbu huddudda 10 gektar yer maydoniga chigit ekildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun