Qiymati 2 milliard so‘mga teng…

Date:

Bugun tadbirkorlik qilaman, jamiyatga, odamlarga naf keltiraman degan borki, davlat tomonidan munosib qo‘llab-quvvatlovda. Rejalar amalga oshib, tadbirkorning istak va g‘oyalari o‘z ro‘yobini topayotir. Boysun tumani “Ariqusti” mahallasida hududiy investitsiya dasturi bo‘yicha “D3 FARM” MCHJ tomonidan davlat xususiy sherikchilik asosida umumiy qiymati 2 milliard so‘m bo‘lgan yangi zamonaviy bino qurib foydalanishga topshirilganida ham katta ma’no mujassam.
Ushbu qurilish ishlari yakunlanib, bino foydalanishga topshirilishi bilan “Ariqusti” mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriyati ham ko‘chib o‘tib, shu binoda faoliyat yuritadi. Qolaversa, o‘z ishini boshlaydigan zamonaviy va barcha qulayliklar ega sport kompleksi ham sog‘lom turmush tarzini chin qoida qilganlar uchun mashg‘ulotlar o‘taydigan sevimli joyga aylanadi. Umumiy ovqatlanish hamda savdo nuqtalarining-da ayni binoda joylashishi tuman ahli uchun ko‘ngildagidek dam olishi va xarid qilishiga zamin hozirlasa, o‘quv markazi faoliyati esa bilimga chanqoq abituriyentlarni bir yerga jam etishi aniq.
Xullas, ushbu binoning har bir qavati va xonasidan unumli foydalaniladi. Eng ahamiyatlisi esa ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida 5 nafar yoshning bandligi ta’minlangani bo‘ldi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun