Tabriklar loyihasi start olgan

Date:

Bayram arafasida hamma narsa bo‘lishi mumkin. Ichki ichlar organlarining xodimlari yo‘llarda ayol haydovchilarni to‘xtatib, to‘satdan gul sovg‘a qilishgani ham yoqimli va kutilmagan tuhfa bo‘lgani amaliyotga bo‘lgan hodisa. Muzrabotlik bir guruh yoshlar esa 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan ana shunday o‘ziga xos loyihaga qo‘l urishdi. “Ayol dunyo bezagi, mehr-muhabbat ramzi!” shiori ostida samimiy tilaklar guldastasini tayyorlashdi.
Bordi-yu, Muzrabot tumaniga yo‘lingiz tushib yo‘lda ketyotsangiz, bozor-o‘char qilayotganingizda, biror korxon va tashkilotda bo‘lsangiz, beixtiyor bir guruh yoshlar qo‘llarida gullar ila sizni bayram bilan qutlab, ezgu tilaklar bildirsa, hayron qolmang. Demak, siz ana shunday ajoyib loyihaning qahramoniga aylanibsiz.
Albatta, go‘zal ayollar, latofatli qizlarimiz uchun eng yaxshi sovg‘a dildan aytilgan tilaklar, ikki og‘iz shirin so‘zdir. Mana shunday tilaklarning kuchi esa nozik xilqat vakilalari qalbini quvonchga to‘ldirishi shubhasiz.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun