Milodiy I-II asrlarga tegishli xum idish topildi

Date:

Bahor kelib, kunlar isishi bilan hovli-joylarni tartibga keltirishni, yerni yumshatib, ekin-tikin qilishni boshlaymiz. Daraxtlar ostini oqlab, ariqlarimizni yangidan qazib, daraxt va gullarga suv ochamiz. Ha, obodlik, sarishtalikni uyimizdan boshlaymiz. Denov tumanining “Qorabog‘” mahallasida yashovchi fuqaro Bahrom Abdimo‘minov ham erta tongdan kuch va g‘ayratga to‘lib, obodonlashtirish taraddudiga tushdi.
Navbat ariq qazishga kelganida, belkuragining uchiga nimadir tegib, jarangdor ovoz chiqardi. “Bu nima ekan” degan qiziqish ila yerni kovlashga tushdi. Qarasa, katta hajmli sopol xumning bir uchi ko‘rinib turibdi. Darhol bu haqida mutasaddilarga xabar qildi.
Ushbu xonadonga Termiz arxeologiya muzeyi va Termiz davlat universiteti tarixchi olimlari qisqa fursatlarda yetib borishdi va xumning tarixiylik ahamiyatini o‘rganish maqsadida uni butunligicha qazib olishdi. Haqiqatan xum kattagina hajmda. Ishchi guruh uni restavratsiya qilish va o‘rganish ishlarini olib borish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyiga olib kelishdi.
Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra aytish mumkinki, xum milodiy I-II asrlarga tegishli ekanligi taxmin qilinmoqda. Olimlar tomonidan o‘rganish ishlari esa davom etayotir.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaatlar e’tibor markazida

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish va ularning muammolarini o‘z...

Surxondaryo—Mogilyov: hamkorlik yangi bosqichda

Hududlararo hamkorlikni kengaytirish investitsiyalarni jalb etish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish...

Samarqand tajribasi ommalashadi

Qishloq xo‘jaligida yuqori natijalarga erishish zamonaviy yondashuv va ilg‘or...

“Yuksalish” yuksalmoqda

Aholining bevosita ishtiroki bilan amalga oshirilayotgan tashabbusli budjet loyihalari...
KunTun
KunTun