Bir maqsad sari…

Date:

Tabiat va inson bir-biriga ajralmas, uzilmas zanjir misol bog‘langan. Bizning har qanday harakatimiz tabiatda o‘z aksini topgani kabi atrof-muhitdagi har qanaqa o‘zgarish ham inson kayfiyatini, kayfiyatini qo‘ying, turmushini ham o‘zgartirib yuboradi. “Tuproqdan yaralganmiz, yana unga qaytguvchimiz” iborasi bekorga aytilmagan. Tabiatni, yashab turgan hududimizni asrash yo‘lida qo‘limizdan keladigan ishlardan biri uni toza-ozoda saqlashga intilishdir.

Sentyabrning uchinchi shanbasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston ekologik partiyasi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatimiz miqyosida Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlangan aksiya tashkil etilgani ham yuqoridagi fikrlarning tasdig‘idir.

Ma’lumot o‘rnida, Butunjahon tozalik kuni (WorldCleanUpDay) 2008-yil Estoniyada vujudga kelgan. Mamlakatimiz esa ushbu aksiyaga 2019-yilda qo‘shilgan. Shu maqsadda barcha ko‘ngillilar erta sahardan shahar markazida saf tortishdi va bir maqsad sari birlashishdi. Tadbir viloyat hokimi o‘rinbosari Alisher Xidirovning nutqi bilan boshlandi.
Respublika miqyosida tashkil etilgan joriy yilgi aksiyada nafaqat davlat va nodavlat-notijorat tashkilotlari, balki biznes-tuzilma, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham faol ishtirok etishi Butunjahon tozalik kunining mamlakatimizda tobora keng nishonlanayotganidan bir darakdir.

— Mamlakatimizning rivoji ham aynan tabiatga e’tibordan boshlanadi, — deydi Termiz tuman Ekologiya partiyasi raisi Shafoat Norsayev. — Ayniqsa, turizm sohasidagi o‘zgarishlar ko‘p jihatdan tozalikka bog‘liq. Chet mamlakatlardan tashrif buyuruvchilarni jalb qilish uchun ham, ularda bu hududga qaytib kelish istagini shakllantirishimiz uchun ham mahallamizni, hududimizni ozoda tutishimiz talab etiladi. Biz fuqarolarning asosiy burchimiz esa shu kabi siyosatlarni qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekistonimizning har tomonlama rivojlanishiga, uning ekologiyasining, ob-havosining toza bo‘lishiga har tomonlama hissa qo‘shishimiz kerak. Albatta, bunda faqatgina balandparvoz so‘zlar emas, haqiqiy amaliy harakatlar bilan natija ko‘rsatish muhimdir.

Yuksak maqsad yo‘lida boshlangan tadbir tozalik ishlariga ulanib ketdi. Barcha birdek qo‘liga ish qurollarini olib, atrof-muhitimizni toza saqlash yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shishdi. “Bobur” istirohat bog‘i esa maqsad yo‘lidagi dastlabki manzilga aylandi.

D.Otaqulova,
N.Muhibulloyev,
(foto)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun