Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Date:

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 5 kilogramm 362 gramm opiyni sotayotgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, DXX Chegara qo‘shinlari hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Termiz tumanida tashkil etilgan tezkor tadbir davomida Termiz shahrida yashovchi, 1972- va 1995-yillarda tug‘ilgan ikki fuqaro shartli xaridorga jami besh o‘ramdagi opiyni sotayotgan vaqtida ushlangan.

Aniqlanishicha, giyohvandlik vositalari ularga qo‘shni Afg‘onistondagi narkokurerlar tomonidan yetkazib berilgan. Gumonlanuvchilardan biri muqaddam o‘g‘rilik, ikkinchisi esa giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun