Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida bo‘lib, bu yerda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning ish jarayoni bilan tanishdi.
Muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
Tuman hokimi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratishda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi. Bildirilgan taklif va muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

