Yangi tartib nimalarni belgilaydi?

Date:

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha ma’muriy ishlarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqishning yangi tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, jarimalar elektron tizim orqali rasmiylashtiriladi, haydovchilarning shikoyat qilish va jarima ballarini hisoblash tartibi belgilanadi.

Yangi yo‘riqnomaga muvofiq, haydovchi ma’muriy jarima to‘g‘risidagi qaror ustidan uning nusxasini olgan kundan boshlab 10 kun ichida yuqori turuvchi organ yoki sudga shikoyat qilishi mumkin. Shikoyat ko‘rib chiqilguniga qadar qaror ijrosi to‘xtatib turiladi.

Ayrim qoidabuzarliklar uchun bir yil davomida jarima ballari hisoblanadi. Bir qoidabuzarlik uchun eng ko‘pi bilan 2 ball beriladi. Ballar jami 12 balldan oshgan taqdirda, qo‘shimcha jazo masalasini hal etish uchun ish sudga yuboriladi.

Shuningdek, jarima belgilanganidan keyin 60 kun ichida to‘lanmasa, transport vositasini ushlab turish chorasi qo‘llanishi mumkin. Jarimani 15 kun ichida 50 foiz yoki 30 kun ichida 70 foiz miqdorida to‘lash orqali qolgan qismidan ozod bo‘lish imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Haydovchilar ma’muriy ishlar yuzasidan yashash joyidan qat’i nazar, istalgan hududiy ma’muriy amaliyot markaziga murojaat qilishlari mumkin.

Ichki ishlar vazirining 2026-yil 4-sentabrdagi 502-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan mazkur yo‘riqnoma 2027-yil 6-yanvardan kuchga kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun