Termiz shahrida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Xalqaro Step by Step assotsiatsiyasi (ISSA) hamkorligida maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun mentor-trenerlar tayyorlash o‘quv kursining ikkinchi bosqichi boshlandi.
SMART-ED qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan uch kunlik seminar-treningda Surxondaryo viloyatidagi tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 25 nafar mentor-treneri qatnashmoqda.
Xalqaro trenerlar Zorica Trikic va Margaret Kernan, shuningdek, milliy mutaxassislar ishtirokida o‘tayotgan mashg‘ulotlarda mentorlik faoliyatini samarali tashkil etish, pedagoglar bilan kasbiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularni metodik qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy usullari o‘rgatilmoqda.
Kurs yakunida ishtirokchilar egallagan bilim va tajribalarini hududdagi maktabgacha ta’lim pedagoglari bilan bo‘lishib, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashishi ko‘zda tutilgan.

