Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Jismoniy madaniyat kafedrasi professor-o‘qituvchilari universitet Axborot-resurs markaziga 32 turdagi jami 150 dona kitob sovg‘a qildi.
Adabiyotlarning asosiy qismi jismoniy madaniyat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Ular o‘quv fanlarini chuqurroq o‘zlashtirish va mustaqil bilim olishda qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur tashabbus ARM fondini boyitish bilan birga, talabalarning sohaga oid adabiyotlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.

