Termiz shahridagi 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagoglar o‘rtasida “O‘yinga asoslangan ta’lim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar festivali” tashkil etildi.
Festivalda pedagoglar bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos, qiziqarli hamda rivojlantiruvchi didaktik o‘yinlarni yaratib, o‘z ishlanmalarini hakamlar hay’atiga taqdim etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi o‘yinga asoslangan ta’lim metodikasini keng joriy etish, pedagoglarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.
Festival yakunida faol va ijodkor jamoalar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

