Angor tumanining “Bahor” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan seminar amaliy jarayonlar bilan davom etdi.
Seminar ishtirokchilari xonadonlarda bo‘lib, tomorqa yerlariga ishlov berish, ekin ekish va tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalanish jarayonlari bilan tanishdi. Xonadon egalari bilan suhbatlarda mavjud yer maydonlaridan unumli foydalanish, oilaviy daromad manbalarini kengaytirish va bandlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xonadon bekalaridan biriga tikuvchilik orqali daromad topishi va o‘zini o‘zi band qilishi uchun tikuv mashinasi topshirildi.
Bunday amaliy ko‘maklar aholining o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalanishi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishi va barqaror daromad manbalarini shakllantirishiga xizmat qiladi.

